INSON AZIZ - XOTIRA MUQADDAS
TDTrU akademik litseyining bir guruh o'qituvchi va o'quvchilari ishtirokida 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkentdagi "G'alaba bog'i"ga sayohat amalga oshirildi.
✅ G‘alaba bog‘i” mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan fashizm ustidan qozonilgan Buyuk g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan ochilgan.
❇️ Bog‘ning ekspozitsiyasida front hayoti sahnalari, misoli muzey ichida jonlantirilgan harbiy ofitserlarning manekenlari, okoplar, blindajlar va dala oshxonalari kompozitsiyalari, temir yo‘l vokzali, eski kutubxonalar va yarani bog‘lash punktlari aks ettirilgan noyob muzey bilan o'quvchi-yoshlar yaqindan tanishdi.
♻️ Bunday ichki turizmlar o'quvchilarni Vatan tinchligi va ozodligi yo'lida qurbon bo'lgan vatandoshlarimizga bo'lgan mehr-muhabbatini oshirishga, ular kabi Vatanni qo'riqlash, asrab-avaylash burchini shakllantirishga xizmat qiladi.