TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI JAMOASI AKADEMIK LITSEY MEHMONI
❇️ 2023-yil 27-may kuni TDTrU akademik litseyida Toshkent davlat transport universiteti professor-o'qituvchilari hamda bitiruvchilar o'rtasida ochiq muloqot uchrashuvi bo'lib o'tdi.
✅ Tadbirda universitetning professor-o'qituvchilari A.Sotiboldiyev, U.Abdulatipov, J.Sobirovlar universitetdagi shart-sharoitlar, fakultet va yo'nalishlar bo'yicha batafsil ma'lumot berib o'tdi.
❇️ Tashrif chog'ida bitiruvchilar o'z yo'nalishi bo'yicha fakultet tarixi, ichiga qamrab olgan bir nechta yo'nalishlar, shuningdek, bakalavr, sirtqi, masofaviy hamda magistratura bo'yicha amaliyot jarayonida bilib olishdi.
♻️ Bunday uchrashuvlar o'quvchi-yoshlarning o'qishga, oliy o'quv yurtiga kirish qiziqishlarini ortishiga xizmat qiladi.