AKADEMIK LITSEY RAHBARI VA QIZLAR JAMOASI OCHIQ MULOQOTDA

⭕️ 2023-yil 5-iyun kuni TDTrU akademik litseyida muassasa rahbari M.Xasanova, Xotin-qizlar masalalari bo'yicha kengash raisi R.Po'latova hamda muassasaning qizlar jamoasi bilan hamkorlikda ochiq muloqot uchrashuvi bo'lib o'tdi.  

✅ Uchrashuv jarayonida bitiruvchi kurs qizlariga o'qishni muvaffaqiyatli tugatib, oliy o'quv yurtlariga kirishlari, oila qurishdek qo'rg'onga tayyor bo'lishlari uchun har tomonlama ilm olishlari ta'kidlangan bo'lsa, ularning izdoshlariga esa yoshlik davrini maqsadli o'tkazishlari bo'yicha hayotiy maslahatlar, ko'rsatmalar berildi.

❇️ Uchrashuv davomida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda, tanlovlarda faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh qizlar litsey rahbari tomonidan esdalik diplomlari bilan taqdirlandi.    
 

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech