"ZAKOVAT" TO'GARAGINING II MAVSUM FINAL SONI.
2023-yil 8-iyun kuni TDTrU akademik litseyida yil yakuni bo'yicha “Zakovat” to‘garagining II mavsum FINAL soni yuqori kayfiyatda o’tkazildi.
✅ Tadbirni litsey rahbari M.Xasanova ochib berib, barcha jamoalarga omad tilagan holda faqat ilm yo'lidan borishlarini aytib o'tdi.
Final yo'llanmasini qo'lga kiritgan jamoalar:
1. “Titans” (1-22-gr);
2. “O'zbekiston yoshlari” (2-22-gr);
3. “Afina” (6-22-gr).
5-raunddagi "Zakovat sandiqcha"si savoliga ya'ni sandiqchada "asal" borligini "Titans" jamoasi to'g'ri topib o'z jamoasiga ochko yozdirdi.
2022-2023-yilning bilimdon jamoalari ochkolar hisobida quyidagi o'rinlarga munosib deb topildi.
1-o'rin: "Titans" (1-22-gr).
2-o'rin: "O'zbekiston yoshlari" (2-22-gr).
3-o'rin: “Afina” (6-22-gr).
Tadbir so'ngida barcha jamoa bilimdonlari maxsus diplom hamda esdalik badiiy kitoblar bilan taqdirlandi.
"Zakovat"ning keyingi mavsumlarida ko'rishguncha!