"KELAJAGI PORLOQ AZIZI BITIRUVCHILAR" TADBIRI JARAYONIDAN
2023-yil 5-iyul kuni TDTrU akademik litseyida bitiruvchilar uchun "Kelajagi porloq aziz bitiruvchilar" deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbir O'zbekiston Respublikasi madhiyasi bilan boshlandi. So'ng tadbirni akademik litsey rahbari M.Xasanova ochib berib, barcha bitiruvchilarga eng ezgu tilaklarni tilab, kelajakda oliy o'quv yurti talabasi baxtiga erishishini ta'kidlab, yuksak parvozlar tiladi.
Tadbirda o'qish davrida barcha tengdoshlariga namuna bo'lib kelgan bir guruh bitiruvchilar a'lo darajadagi diplom, ularning ota-onalari esa tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
Tadbirda ota-onalar tomonidan litsey rahbariyatiga, ustoz-murabbiylariga iliq dil izhorlari hamda minnatdorchilik bildirildi.
Tadbirda aziz bitiruvchilar uchun guruh rahbarlari, tengdoshlari tomonidan takrorlanmas ruhlantiruvchi tilaklar, ash'orlar, kuy-qo'shiqlar taqdim etildi.
Oq yo'l, sizga, aziz bitiruvchilar!.