XITOYDAGI SCHOOL OF CONTINUING EDUCATION, YANCHENG INSTITUTE OF TECHNOLOGY PROFESSOR-O'QITUVCHILARI AKADEMIK LITSEY MEHMONI
❇️ Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida Xitoy davlatidagi mehmonlar Chen Zhihua, Zhu Sunjun, Yan Qiaojinglar tashrif buyurdi.
♻️ Tashrif chog'ida ikki davlat ta'lim muassasalaridagi shart-sharoitlar, mavjud yo'nalishlar, imkoniyatlar xususida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.
❇️ Kelgusida akademik litseyda xitoy tilini yaxshi o'zlashtirib, bemalol gaplashadigan o'quvchilarni Xitoy davlatiga o'qishga hamda sayohatga olib borish rejasi kelishib olindi.