"YANGI HAYOT UCHUN..." tadbiri jarayonidan
2023-yil 4-sentyabr kuni TDTrU akademik litseyida “Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun” shiori ostida Mustaqilligimizning 32 yilligiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida Davlat Madhiyasi yangradi. So’ng akademik litsey direktori M.T.Xasanova so’zga chiqib, barchani Mustaqillikning 32 yilligi bilan, shuningdek, birinchi kursga qabul qilingan o‘quvchilarni erishgan muvaffaqiyati bilan barcha kurs o’quvchi-yoshlarni samimiy qutladi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qo’mitasi eksperti, Toshkent shahar Kengashi deputati, Shayxontohur tuman Nuroniylar jamoat kengashi a’zosi, dotsent M.Usmonov hamda tajribali ustozlaridan R.Po’latova, M.Abdujalilova, L.Xalilova, A.Mo’minovalar o’quvchi-yoshlarni yangi o’quv yili bilan tabriklab, ustozlar berayotgan ilmni puxta egallashlarini ta’kidlab o’tdi.
Tadbir so’ngida barcha o’quvchilar guruh rahbari boshchiligida “Mustaqiilik darsi”ni davom ettirdi.