⭕️ "HUQUQIMIZNI O'ZIMIZ TA'MINLAYMIZ" tanlovi jarayonidan
Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent shahar boshqarmasining 2023-yil 31-avgustdagi 01/5-5-sonli xati ijrosi bo'yicha 2023-yil 12-sentabr kuni TDTrU akademik litseyi o'quvchilari o'rtasida "Huquqimizni o'zimiz ta'minlaymiz" tanlovi negizida "Eng yaxshi bilimdon" musobaqasi ko'tarinki kayfiyatda o'tkazildi.
Tanlovni YoBIBDO' A.T.Ikromov ochib berib, tanlov shartlarini tushuntirib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Tanlov ishtirokchilari belgilangan vaqt davomida tarqatilgan test savollarini muvaffaqiyatli bajardi. Tanlov natijalariga ko'ra "Eng yaxshi bilimdon" egalari quyidagicha aniqlandi:
1-o'rin: Xamidov Sardor Erkin o'g'li (3-23 -gr);
2-o'rin: Qo'ldosheva Malika Turabek qizi (1-23-gr);
3-o'rin: Mamatov Muhammadsodiq Panji o'g'li (6-23-gr).
G'oliblarni barchasi esdalik diplom bilan taqdirlandi.
O'quvchilarning guruh rahbariga, ota-onalariga tashakkur bildiramiz.