⭕️ "KOREYADA TA'LIM-2023" KO'RGAZMASIDA O'QUVCHILAR TASHRIFI

 2023-yil 15-sentabr kuni TDTrU akademiuk litseyining bir guruh o'qituvchi va o'quvchilari Koreya Respubliksaning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan  Koreya ta'lim markazi binosida o'zbek yoshlarini Koreya universitetlariga qabul qilish va o'qitish tizimi to'g'risidagi "Koreyada ta'lim-2023" o'quv ko'rgazmasiga ishtirok etdi. 

  Tashrif davomida o’quvchi-yoshlar Koreya ta’lim tizimi, universitetlari, grant dasturlari va talabalar hayoti haqida bir qancha ma’lumotlar bilan tanishdi.

 Shuningdek, Koreya xalqining qadimiy madaniyati, san'ati, milliy urf-odatlari ham o'quvchilar nazaridan qolmadi. Buni o'quvchilarning egnidagi liboslardan ham bilish mumkin.

 Ta'lim ko'rgazmasi o'quvchilarga katta taassurot qoldirdi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech