⭕️ "SHAXMAT BILIMDONI" AKADEMIK LITSEY LIGASI JARAYONIDAN

  2023-yil 19-sentabr kuni TDTrU akademiuk litseyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 12-sentabrdagi 01/05-14-sonli xati ijrosi hamda “2026-yil O’zbekistonda bo’lib o’tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik ko’rish hamda shaxmatni ommaviy harakatga aylantirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-150-son Qarori ijrosi bo’yicha akademik litsey o’quvchilari o’rtasida "SHAXMAT BILIMDONI" musobaqasining 1-turi yuqori kayfiyatda bo’lib o’tdi. 
 
 Musobaqa Nizomi va talablari bilan YoBIBDO’ A.T.Ikromov ishtirokchilarga ma'lumot berib o’tdi. 

 Musobaqaning 1-turida shaxmat ixlosmandlari ko’pchilikni tashkil qildi va ular tomonidan ajoyib o’yin namoyish etildi. 3 soat davom etgan murosasiz musobaqada g’oliblar quyidagicha aniqlandi: 
1-o’rin: J.Baymanov (6-23-gr);
2-o’rin: U.Nizomiddinov (2-23-gr);
3-o’rin: M.Shababov (8-23-gr).

 Shaxmat musobaqasining keyingi turlarida ko'richguncha.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech