⭕️ "SIZ TAFAKKUR TIMSOLISIZ, AZIZ USTOZLAR" TADBIRIGA MARHAMAT!
2023-yil 30-sentabr TDTrU akademik litseyida 1-oktabr "O'qituvchi va murabbiylar" kuniga bag'ishlab "Siz tafakkur timsolisiz, aziz ustozlar" deb nomlangan tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirni litsey direktori M.T.Xasanova ochib berib, barcha ustozlarni kasb bayramlari bilan tabriklab, yosh adlodga bilim berishda charchamasliklarini tilab qoldi.
Tadbirda ustozlarni madh etuvchi ash'orlar, kuy-qo'shiqlar, diltortar raqslar o'quvchilar tomonidan mahorat bilan ijro etildi.
Tadbirda uzoq yillar davomida faoliyat ko'rsatayotgan bir guruh o'qituvchi-xodimlar litsey hamda universitetning tashkkurnoma va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.