2022-yil 5-mart kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual to‘garagining 1-kurslar uchun II mavsum 1-soni o’tkazildi.
2022-yil 5-mart kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual to‘garagining 1-kurslar uchun II mavsum 1-soni o’tkazildi. To’garakni YBIBDO‘ A.T.Ikromov olib bordi. O’yinda 8 ta jamoa ishtirok etdi. Jumladan, “Liderlar” (101-guruh), “Aristokratlar” (101-gr), “Zukkolar” (102-gr), “Golstar” (103-gr), “Temuriylar” (104-gr), “Kelejak avlodlari” (105-gr), “Ziyolilar” (106-gr), “Intellekt” (107-gr) jamoalari darsdan keyingi bo’sh vaqtlarini samarali va mazmunli o’tkazib kelmoqda. 3 ochkoli “Blits-savol” raundida barcha jamoa bilimdonlari 1 ochkoni qo’lga kiritdi. O’yinning 1-soni bo’yicha jamoalarning to’plagan ochkolari quyidagicha: “Zukkolar” – 1, “Golstar” – 2, “Temuriylar” – 2, “Ziyolilar” – 3, “Intellekt” – 3, “Aristokratlar” – 3, “Kelajak avlodlari” hamda “Liderlar” – 4 ochko to’pladi va o’yin do’stlik g’alaba qozondi.