2022-yil 12-mart kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual to‘garagining 1-kurslar uchun II mavsum 2-soni o’tkazildi.

2022-yil 12-mart kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual to‘garagining 1-kurslar uchun II mavsum 2-soni o’tkazildi. To’garakni YBIBDO‘ A.T.Ikromov olib bordi. O’yinda 7 ta jamoa ishtirok etdi. Jumladan, “Liderlar” (101-guruh), “Aristokratlar” (101-gr), “Zukkolar” (102-gr), “Golstar” (103-gr), “Temuriylar” (104-gr), “Ziyolilar” (106-gr), “Intellekt” (107-gr) jamoalari darsdan keyingi bo’sh vaqtlarini samarali va mazmunli o’tkazib kelmoqda. “Zakovat sandiqcha”si raundidagi savolga ya’ni sandiqcha ichida “kartoshka” borligini 3 ta jamoa to’g’ri topib 1 ochkoni qo’lga kiritdi. 3 ochkoli “Blits-savol” raundida esa 4 ta jamoa 2 ochkoni qo’lga kiritdi. O’yinning 2-soni bo’yicha jamoalarning to’plagan ochkolari quyidagicha: “Golstar” – 4, “Aristokratlar” – 7, “Zukkolar” – 7, “Intellekt” – 7, “Temuriylar” – 9, “Ziyolilar” – 9, “Liderlar” – 9 ochko to’pladi va o’yin do’stlik g’alaba qozondi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech