"INTELLEKTUAL RING-2023" TO'GARAGINING I MAVSUM 2-SONI JARAYONIDAN

 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida 5 tashabbus doirasida an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan “Intellektual ring” to’garagining I mavsum 2-soni 2023-yil 6-noyabr kuni o’tkazildi. To’garakni YoBIBDO' A.T.Ikromov olib bordi. 

Bilimlar ringida quyidagi 7 nafar bilimdonlar ishtirok etdi. Bular:

1. T.Atakulov (2-23-gr); 
2. T.Sobiraliyev (3-23-gr); 
3. K.Abduraimov (7-23-gr); 
4. B.Ahmadjonov (5-23-gr);
5. A.Mardiyev (5-23-gr);  
6. J.Ortiqboyeva (6-23-gr);
7. A.Xamidxo’jayev (2-23-gr).

4 tur bo’yicha o’tkazilgan bilimlar bellashuv natijasiga ko’ra 1-o'rin hamda FINAL yo'llanmasi 7-23-guruh o’quvchisi Kamron Abduraimovga, 2-o’rin esa 6-23-guruh o’quvchisi Jayrona Ortiqboyevalarga nasib etdi.  

To'garakning I mavsum 2-sonida qatnashgan barcha o'quvchilarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech