“KONSTITUTSIYA DARSLARI O'QITUVCHI VA O’QUVCHILAR NIGOHIDA” TADBIRI JARAYONIDAN

2023-yil 2-dekabr kuni TDTrU akademik litseyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 27-noyabrdagi 3/18-72-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida o'qituvchi-pedagog hamda o'quvchi-yoshlar ishtirokida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini o’rganish” mavzusida tadbir o’tkazildi.  
 
Tadbirda Toshkent davlat agrar universiteti dotsenti X.O.Xushvaqtov hamda akademik litsey tarix o'qituvchisi B.Jo'rayevlar tomonidan Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, moddalardagi o’zgarishlar va tahlillar tadbir ishtirokchilariga batafsil tushuntirib o’tildi.  

Mavzu doirasida slayd, videoroliklar namoyish etildi va mutaxassislar tomonidan tahlil qilindi. 

O'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javoblar oldi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech