"BIZ SPORTSEVAR OILAMIZ" SPORT MUSOBAQASIDA AKADEMIK LITSEY O’QITUVCHISI MUNOSIB ISHTIROK ETDI
Joriy yil Transport universitetida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan “Biz sportsevar oilamiz” oilaviy sport musobaqasi o’tkazildi.
Musobaqada akademik litseyning fizika fani o’qituvchisi D.Do’stqobilova ham o’z oilasi bilan faol ishtirok etdi.
Musobaqa davomida bir-biridan qiziqarli shartlar barcha oila a’zolari ishtirokida amalga oshirildi. Va barcha musobaqa qatnashchilari esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.
Musobaqada faol etgan D.Do’stqobilova oilasiga akademik litsey rahbariyati nomadan minnatdorchilik bildiramiz.