"KONSTITUTSIYA BILIMDON JAMOASI-2023" TANLOV G'OLIBLARI ANIQLANDI

 O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 24-noyabrdagi 01/05-83-sonli xati ijrosini ta’minlash, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi F-72 farmoyishi 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag’ishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’tkazish dasturi”ga muvofiq 2023-yil 4-dekabr kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi o’quvchilari ishtirokida “Konstitutsiya bilimdon jamoasi” tanlovi o'tkazildi.

Tadbirni YoBIBDO’ A.T.Ikromov ochib berib, Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berib, tanlov shartlari, talablari bilan barcha jamoalarni tanishtirib o’tdi. 

Tanlovda 6 ta jamoa qomus bilimdonlari munosib ishtirok etib, 3 ta shart doirasida o’z iste’dodlarini, bilimlarini namoyish etdi. 

Jamoalarni 5 ballik tizim asosida hakamlar hay’ati jamoa a’zolari Sh.Xanxadjayev, M.Mirxalilova, Sh.To’xtarova, L.Abdujalilovalar baholab borishdi. 

Tanlov natijalariga ko'ra:

1-o’rin: “Advokatlar” jamoasi (1-23-gr);
2-o’rin: “Adolat” jamoasi (4-23-gr);
3-o’rin: “Parlament” jamoasi (3-23-gr). 

 Barcha jamoalarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech