XITOY UNIVERSITETLARI KO'RGAZMASIDA LITSEY O'QUVCHILARI FAOLLIK KO'RSATDI

Joriy yilning 11-dekabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi INNOTEXNOPARK binosida tashkil etilgan Xitoy universitetlari ko‘rgazmasida TDTrU akademik litseyning bir guruh o'qituvchi hamda o'quvchilari ishtirok etdi. 

Ko'rgazmada o'quvchi-yoshlar XXR universitetlarining o‘qish tartibi, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari, o‘qish muddatlari va shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. 

Tashrif buyurgan o'quvchi-yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga litseyning Xitoy tili fani o'qituvchisi O.Raxmatova yordamida mutaxassislardan javoblar oldi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech