2-XALQARO MATEMATIKA OLIMPIADASIDA LITSEY O'QUVCHILARI MUNOSIB ISHTIROK ETDI

2023-yil 11-dekabr kuni  Toshkent shahridagi Amity universitetida 2-xalqaro matematika olimpiadasida TDTrU akademik litseyining 48 nafar o'quvchilari ishtirok etdi.  

Olimpiada II bosqichda olib borildi. I bosqichda ishtirokchilar test shaklidagi savollarga javob bergan bo'lsa, II bosqichda esa birinchi bosqichdan saralangan eng yaxshi 20 nafar o'quvchi-talaba matematika va mantiqiy fikrlashni o‘z ichiga olgan “Buzzer” bosqichida o'z bilimini namoyish etdi.

II bosqich natijalariga ko'ra akademik litseyning barcha o'quvchilari muvaffaqiyatli natijani ko'rsatib, maxsus sertifikat va sovg'alar bilan taqdirlandi.

Ushbu sertifikat orqali majburiy ta'limdan so'ng 5.5 IELTS talabi asosida imtihonsiz ravishda o'qishga kirish imkonini qo'lga kiritdi. 

Olimpiadada ishtirok etgan barcha o'quvchilarga, ota-onalarga, ularning ustozlariga litsey rahbariyati nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech