“REPRODUKTIV SALOMATLIK DAVRIDA BARCHA BIRDEK MAS’UL” TADBIRI JARAYONIDAN

2024-yil 15-yanvar kuni TDTrU akademik litseyida ayol pedagog-o’qituvchilar hamda o’quvchi qizlar bilan “Reproduktiv salomatlik davrida barcha birdek mas’ul” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. 

Tadbirni muassasa rahbari M.T.Xasanova ochib berdi va mavzu bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirib, tadbir mehmonlarini tanishtirib o’tdi.  

Tadbirda tajribali psixologlardan A.I.Sarnisova hamda I.A.Skalozubovalar  ishtirok etib, mavzu doirasida barcha ma’lumotlarni, kerakli tavsiyalarni tadbir ishtirokchilariga tushuntirib o’tdi. 

 Ayniqsa, voyaga yetmagan o’quvchi qizlarning reproduktiv davrida ota-onalar, guruh rahbarlari, mahalla faollari, shuningdek, butun jamiyat mas’ul ekanligini ta’kidlab o’tdi. 

O’quvchi-qizlar o’zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javoblar oldi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech