2022-yil 2-aprel kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual to‘garagining 1-kurslar uchun II mavsum 5-soni o’tkazildi.

2022-yil 2-aprel kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual to‘garagining 1-kurslar uchun II mavsum 5-soni o’tkazildi. To’garakni YBIBDO‘ A.T.Ikromov olib bordi. O’yinda 5 ta jamoa “Liderlar” (101-guruh), “Aristokratlar” (101-gr), “Zukkolar” (102-gr), “Temuriylar” (104-gr), “Intellekt” (107-gr) jamoalari darsdan keyingi bo’sh vaqtlarini samarali va mazmunli o’tkazib kelmoqda. “Zakovat sandiqcha”si raundidagi savolga ya’ni sandiqcha ichida “no‘xat” borligini hech qaysi jamoa topolmadi.                     3 ochkoli “Sirli harf” raundida 4 ta jamoa 3 ochkoni qo’lga kiritdi. O’yinning 5-soni bo’yicha jamoalarning to’plagan ochkolari quyidagicha: “Aristokratlar” – 5 ochko, “Zukkolar” – 7, “Temuriylar” – 7, “Liderlar” – 9, “Intellekt” jamoasi 10 ochko to’pladi va o’yin g’olibiga aylandi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech