"BIR ASRNING IKKI DAHOSI" TADBIRI JARAYONIDAN
2024-yil 9-fevral kuni TDTrU akademik litseyida “G’azal mulkining sultoni” Mir Alisher Navoiyning 583 yilligi hamda ham shoir, ham shoh Z.M.Boburning 541 yilligiga bag’ishlab, “Bir asrning ikki dahosi” mavzusida tadbir o’tkazildi.
Tadbirni akademik litsey direktori M.T.Xasanova ochib berib, ikki buyuk shaxsning hayot yo’li, ularning ijodi, asarlarining mazmun-mohiyati, yoshlar tarbiyasida uning o’rni va ahamiyati xususida gapirib o’tdi.
Tadbir davomida o’quvchi-yoshlar tomonidan ikki buyuk dahoning g’azallari, ruboiylaridan, shuningdek, ularning asarlari asosida tayyorlangan sahna ko’rinishlari mahorat bilan ijro etildi.
Ayniqsa, insonning boshiga ham baxtni ham baloni olib kelivchi narsa “til” haqidagi sahna asaridan ko’pchilik o’ziga kerakli xulosalarni oldi. Tadbir davomida buyuk allomalarning g’azallari asosida kuy-qo’shiqlar, nafis raqslar ham ijro etildi.