"BARKAMOL AVLOD-2023" SPORT MUSOBAQASIDA LITSEY O’QUVCHILARINING 3 NAFARI 3-O’RIN SOHIBI
2024-yil 9-fevral kuni Toshkent shahridagi akademik litseylar va profesional ta’lim muassasalari o’quvchilari o‘rtasida “Barkamol avlod-2023” sport o‘yinlarining "Belbog‘li kurash" turi bo‘yicha shahar birinchiligi bo’lib o’tdi.
Musobaqada akademik litseyning 4 nafar o’quvchilari D.Raxmonberdiyev, G’.Musinov, T.Raxmonqulov, X.Xolmatovlar ham ishtirok etdi.
O’z vazni toifasida raqiblari bilan murosasiz kurashib D.Raxmonberdiyev (6-23), G’.Musinov (3-23), X.Xolmatov (6-22)lar 3-o’rinni qo’lga kiritdi.
O’quvchilarimizni sharafli yutuqlari bilan ularning ota-onalariga, ustoz-treninglariga litsey rahbariyati va o’quvchilari nomidan samimiy minnatdorchilik bildiramiz.