"JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT" TADBIRI JARAYONIDAN

2024-yil 10-fevral kuni TDTrU akademik litseyida O’zbekiston Respublikasi Diniy ishlar bo’yicha qo’mitasi shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida tadbir o’tkazildi. 

Tadbirni akademik litsey ijrochi direktori M.T.Xasanova ochib berib, yuqoridagi mavzu bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirib, mehmon mutaxassisni tanishtirib o’tdi. 

Tadbirda  YoBIBDO' A.Ikromov, o'quv-metodik bo'lim uslubchisi B.Yuldashev, yoshlar yetakchisi E.Abdunazarov, psixolog L.Abdujalilova, guruh rahbartlari Yo.Botirov, J.Imomaliyev. M.Muxammedova, B.Bozorovlar ham ishtirok etdi. 

 Mutaxassis Z.Mardonov o’quvchi-yoshlar o’rtasida islom dinini noto’g’ri tushunish, talqin qilish, taqiqlangan saytlarga kirib, ma’ruzalar, nashidalar eshitib yoki tarqatib o'z jazosini olayotganlarning taqdiri haqida atroflicha gapirib o’tdi. 

O’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan javoblar oldi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech