DARS MASHG'ULOTI JARAYONIDAN
2024-yil 12-fevral kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida 6-23-guruh o’quvchilari bilan hamkorlikda fan o’qituvchisi A.Mongiyev tomonidan I juftlikda dars mashg’uloti o’tkazildi.
“Matematika va informatika” kafedrasi o’qituvchilaridan A.Mongiyev hayotiy bilim, pedagogik tajribasi va mahoratiga tayangan holda “Ratsional tenglamalar sistemalari. Algebraik tenglamalar sistemasiga keltirish. O'zgaruvchilarni almashtirish. Noma’lumlarni yo’qotish. Ratsional tenglamalar sistemasining yechishning maxsus usullari” mavzusini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida qiziqarli tarzda o’quvchilarga yetkazdi.
Darsda o’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimi sinovdan o’tkazildi va butun dars davomida faol ishtirok etgan o’quvchilar baholandi.
Fan o’qituvchisining yutuq va kamchiliklari kuzatuvchilar tomonidan tahlil qilindi va maslahatlar berildi.