DARS MASHG'ULOTI JARAYONIDAN

2024-yil 13-fevral kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida 2-23-guruh o’quvchilari bilan hamkorlikda fan o’qituvchisi J.Imomaliyev tomonidan I juftlikda dars mashg’uloti o’tkazildi.

“Matematika va informatika” kafedrasi o’qituvchilaridan J.Imomaliyev hayotiy bilim, pedagogik tajribasi va mahoratiga tayangan holda “Muntazam koʻpburchakka ichki va tashqi chizilgan aylanalar” mavzusini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida qiziqarli tarzda o’quvchilarga yetkazdi.    

Darsda o’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimi sinovdan o’tkazildi va butun dars davomida faol ishtirok etgan o’quvchilar baholandi.

Fan o’qituvchisining yutuq va kamchiliklari kuzatuvchilar tomonidan tahlil qilindi va maslahatlar berildi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech