“KATTA TANAFFUS – UNUTILMAS DAQIQA” JARAYONIDAN (10-kun)
2024-yil 13-fevral kuni TDTrU akademik litseyida o’quvchilarning bo’sh vaqtini mazmunli va esda qolarli o’tkazish maqsadida “Katta tanaffus – unutilmas daqiqa” tadbiri bo’lib o’tdi.
Tadbirda o’quvchilarning matematika va geometriya faniga oid bilimlari va chaqqonliklari bir-biridan qiziqarli shartlar asosida fan o’qituvchilari O.Djo’rabayev hamda D.Baxronovlar tomonidan sinovdan o’tkazildi.
Unda fanga doir qiziqarli savol-javob hamda tezkor eng ko’p formula yozish shartlari o’quvchilarga havola etildi va g’oliblar esdalik sovg’alariga ega bo’lishdi.
O’quvchi-yoshlarga yuqori haroratli kayfiyat beruvchi unutilmas lahzalar dasturi reja asosida davom etadi.