DARS MASHG'ULOTI JARAYONIDAN

2024-yil 14-fevral kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida 6-23-guruh o’quvchilari bilan hamkorlikda fan o’qituvchisi Yu.Turdialiyev tomonidan II juftlikda dars mashg’uloti o’tkazildi.

“Matematika va informatika” kafedrasi o’qituvchilaridan Yu.Turdialiyev hayotiy bilim, pedagogik tajribasi va mahoratiga tayangan holda “Ratsional tenglamalar sistemasi” mavzusini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida qiziqarli tarzda o’quvchilarga yetkazdi.    

Darsda o’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimi sinovdan o’tkazildi va butun dars davomida faol ishtirok etgan o’quvchilar baholandi.

Fan o’qituvchisining yutuq va kamchiliklari kuzatuvchilar tomonidan tahlil qilindi va maslahatlar berildi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech