"INSHOLAR TANLOVI" JARAYONIDAN
TDTrUi akademik litseyining iste’dodli, ijodkor o‘quvchi-yoshlari o’rtasida buyuk sarkarda ham shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan "Boburga izdoshmiz" shiori ostidagi insholar tanlovi bo’lib o’tdi.
Tanlov ishtirokchilari 30 daqiqada “Vatan sog’inchini qumsagan Bobur” mavzusida ijodiy fikrlash qobiliyatiga tayangan holda o’z inshosini taqdim etdi.
Tanlovni YoBIBDO’ A.T.Ikromov, psixolog L.Abdujalilovalar tashkil etdi va olib bordi. Tanlov natijalari va g’oliblarni taqdirlash yaqin kunlarda amalga oshiriladi. Tanlov ishtirokchilariga tashakkur bildiramiz.
Navoiy va Bobur ruhlari barchamizga madadkor bo’lsin!