“KATTA TANAFFUS – UNUTILMAS DAQIQA” JARAYONIDAN (12-kun)

2024-yil 15-fevral kuni TDTrU akademik litseyida o’quvchilarning bo’sh vaqtini mazmunli va esda qolarli o’tkazish maqsadida “Katta tanaffus – unutilmas daqiqa” tadbiri bo’lib o’tdi. 

Tadbirda o’quvchilarning matematika va boshqa sohadagi bilimlari fan o'qituvchilari Sh.Eshmurodov hamda Yo.Botirovlar tomonidan sinovdan o’tkazildi. 

Bunda o’quvchilarning aniq fanlardan olayotgan bilimlarining natijasi o’tkazilgan bir nechta qiziqarli savollar asosida aniqlandi va g’olib o’quvchilar esdalik sovg’alariga ega bo’lishdi. 

O’quvchi-yoshlarga yuqori haroratli kayfiyat beruvchi unutilmas lahzalar dasturi reja asosida davom etadi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech