“KATTA TANAFFUS – UNUTILMAS DAQIQA” JARAYONIDAN (13-kun)

2024-yil 16-fevral kuni TDTrU akademik litseyida o’quvchilarning bo’sh vaqtini mazmunli va esda qolarli o’tkazish maqsadida “Katta tanaffus – unutilmas daqiqa” tadbiri bo’lib o’tdi. 

Tadbirda o’quvchilarning matematika va boshqa sohadagi bilimlari fan o'qituvchilari A.Mongiyev hamda Yo.Botirovlar tomonidan sinovdan o’tkazildi. 

Bunda o’quvchilarga tezkor qiziqarli misol va masalalar berildi va g’oliblar aniqlandi. Shuningdek, o’quvchilarning aqliy qobiliyatini namoyish etishlari uchun “kubik-rubik” musobaqasi ham o’tkazildi va g’oliblar munosib taqdirlandi. 

O’quvchi-yoshlarga yuqori haroratli kayfiyat beruvchi unutilmas lahzalar dasturi reja asosida davom etadi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech