MUQIMIY NOMIDAGI O’ZBEKISTON DAVLAT MUSIQALI TEATR AKTYORLARI AKADEMIK LITSEY MEHMONI
2024-yilning 16-fevral kuni TDTrU akademik litseyida O'zbekistonda xizmat ko’rsatgan artistlar, “Mehnat shuhrati” va "Do'stlik" ordenlari sohibi Turg’un Beknazarov hamda "O'zbekiston xalq artisti" va "O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist" unvonlari sohibasi Odina Narzullayeva ishtirok etdi.
Tadbir davomida zabardast aktyorlarimiz o'z repertuaridan joy olgan eng sara sahna asarlaridan parchalar, kuy-qo’shiqlar ijro etdi.
O'quvchi-yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga sevimli aktyorlaridan javoblar oldi.
Uchrashuv judayam qiziqarli va maroqli o‘tdi. Buning uchun biz Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri rahbari Azim Mullaxonovga, teatr aktyorlari Odina Narzullayevaga hamda Turg‘un Beknazarovlarga Toshkent davlat transport universiteti akademik litsey rahbariyati va jamoasi nomidan minnatdorchilik bildiramiz.