“ILMLI AYOL – JAMIYAT KO’ZGUSI” TADBIRI JARAYONIDAN

2024-yilning 17-fevral kuni TDTrU akademik litseyida Toshkent shahar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining 2024-yil  5-yanvardagi 01/07-4-son xati hamda 11-fevral – Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni munosabati bilan “Ilmli ayol – jamiyat ko’zgusi” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirda Nizomiy nomidagi O’zbek tili va adabiyoti fakultetining filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktorlari M.Omonova hamda M.O’razboyevalar ishtirok etdi.  

Tadbir davomida har qaysi jamiyatning ertangi kuni, uning rivojlanishida ilmli ayollarning o’rni beqiyos ekanligi, shart-sharoitlar yaratilayotganligi ochiq muloqotda o’z aksini topdi. 

Shuningdek, o’quvchi-qizlarni ilmli bo’lish, oila parvarishi, ota-onaga munosib bo’lish, ustozlarning ilmini qunt bilan o’rganish va  amal qilish kabi o’quvchilarning savollariga mutaxassislar Navoiy va Bobur asarlari orqali qiziqarli ma’lumotlar berib o’tdi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech