DARS MASHG'ULOTI JARAYONIDAN
2024-yil 21-fevral kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida 7-23-guruh (rus) o’quvchilari bilan hamkorlikda fan o’qituvchisi O.Djo’rabayev tomonidan II juftlikda dars mashg’uloti o’tkazildi.
“Matematika va informatika” kafedrasi tajribali va mas'uliyatli o’qituvchilaridan O.Djo’rabayev hayotiy bilim, pedagogik tajribasi va mahoratiga tayangan holda “Matnli masalalar” mavzusini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va mavzuga oid metodlar asosida qiziqarli tarzda o’quvchilarga yetkazdi.
Darsda o’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimi sinovdan o’tkazildi va butun dars davomida faol ishtirok etgan o’quvchilar baholandi.
Fan o’qituvchisining yutuq va kamchiliklari kuzatuvchilar tomonidan tahlil qilindi va maslahatlar berildi.