PSIXOLOG VA O’QUVCHILAR TRENINGI
2024-yil 24-fevral kuni TDTrU akademik litseyida 4-23-guruh o’quvchilari ishtirokida “Hayotda o’z o’rnini topishga ko’maklashish” mavzusida psixologik trening bo’lib o’tdi.
Trening davomida o’quvchilarning o’ziga bo’lgan ishonchini aniqlash, hozirgi kungacha nimaga erishdi-yu nimalarni maqsad qilishgani, hayotda o’z o’rinlarini topishga ko’maklashish kabi proyektiv metodika psixolog L.Abdujalilova tomonidan qo’llanildi.
Bunda trening ishtirokchilari o’zlari ma'qul ko’rgan muhitni tanlashlari, o’z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda savollarga javob berib, taqdim etilgan turli shakllarni faol tarzda to’ldirganlari ijobiy natijani berdi.
Treningdan o’quvchilar o’zlariga kerakli xulosalarni oldi.