"YOSH MATEMATIKLAR" BELLASHUVI JARAYONIDAN

2024-yil 29-fevral kuni TDTrU akademik litseyida 7-23-guruh (rus) o’quvchilari bilan hamkorlikda fan o’qituvchisi O.Djo’rabayev tomonidan III juftlikda "Yosh matematiklar" mavzusida interaktiv dars bellashuvi o’tkazildi.

O’quvchilar ikki jamoaga bo’linib, o’zining “Родные” hamda “Небесный” nomlariga ega bo’lishdi. 

Qiziqarli dars bellashuvida guruh a’zolari 6 ta shart bo’yicha o’z bilimi, iqtidori va, albatta, chaqqonliklarini namoyish etib, ochko to’plashga harakat qilishdi.

 Ayniqsa, “matematik zanjir”, “yulduzcha va harflarni raqamlarga almashtirish” kabi shartlarda o’quvchilar guruh bilan ishlash, vaqtdan oqilona foydalanish kerakligini anglab yetdi. 

Bellashuv natijasiga ko’ra jamoalar quyidagicha aniqlandi:
1 - o'rin: “Небесный” – 65 ball;
2 - o'rin: “Родные” – 59 ball.

Darsni interaktiv metodlar asosida tashkil etgan fan o’qituvchisiga, barcha o’quvchilarga minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech