DARS MASHG'ULOTI JARAYONIDAN

2024-yil 13-mart kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida 2-23-guruh (o’zbek) o’quvchilari bilan hamkorlikda fan o’qituvchisi D.Do’stqobilova tomonidan I juftlikda dars mashg’uloti o’tkazildi.

“Tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri va tajribali o’qituvchilardan D.Dos’tqobilova hayotiy bilim, pedagogik tajribasi va mahoratiga tayangan holda “Ideal gaz holat tenglamasi. Izojarayonlar” mavzusini zamonaviy pedagogik texnologiyalar, laboratoriya anjomlari va turli metodlar asosida qiziqarli tarzda o’quvchilarga yetkazdi.    

Darsda o’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimi sinovdan o’tkazildi va butun dars davomida faol ishtirok etgan o’quvchilar baholandi.

Fan o’qituvchisining yutuq va kamchiliklari kuzatuvchilar tomonidan tahlil qilindi va maslahatlar berildi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech