AN'ANAVIY O’QUVCHI-QIZLAR O’RTASIDAGI "ZAKOVAT" MUSOBAQASI (2-SON)
2024-yil 28-mart kuni TDTrU akademik litseyida “Bo’lajak olima qizlar” shiori ostida o’quvchi-qizlar o’rtasida "ZAKOVAT" intellektual o'yinining mart oyi soni otkazildi.
Tadbirni YoBIBDO’ A.T.Ikromov olib bordi va barcha jamoalarga o’yin shartlarini takroran eslatib o’tdi.
Savollar asosan, o'quvchi-qizlarni dunyoqarashiga mos, kitobxonlikka chorlaydigan, fanga doir hamda mantiqiy savollar taqdim etildi.
Qiziqarli va unutilmas tarzda kechgan 2-son o’yinida g’olib jamoalar quyidagicha aniqlandi.
1-o’rin. "Formidable";
2-o’rin: "Infinity";
2-o’rin: "Ishonch”;
3-o’rin: "Tafakkur";
3-o’rin: “Titans o’zbek”
"Zakovat"ning har bir raundi uchun qo’yilgan sovg’alarni jamoa bilimdonlari qo’lga kiritishdi.
O’quvchi-qizlar bu sondagi o'yindan katta taassurotlar oldi va davomli bo’lish taklifini bildirishdi. Reja asosida bu taklif amalga oshiriladi.