DARS MASHG'ULOTI JARAYONIDAN

2024-yil 28-mart kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida 1-23-guruh (o’zbek) o’quvchilari bilan hamkorlikda fan o’qituvchisi Sh.Otaboyev tomonidan III juftlikda dars mashg’uloti o’tkazildi.

“Matematika va informatika” kafedrasi tajribali va mas'uliyatli o’qituvchilaridan Sh.Otaboyev hayotiy bilim, pedagogik tajribasi va mahoratiga tayangan holda “Termodinamikaning birinchi qonuni” mavzusini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va mavzuga oid metodlar asosida qiziqarli tarzda o’quvchilarga yetkazdi.    

Darsda o’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimi sinovdan o’tkazildi va butun dars davomida faol ishtirok etgan o’quvchilar baholandi.

Fan o’qituvchisining yutuq va kamchiliklari kuzatuvchilar tomonidan tahlil qilindi va maslahatlar berildi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech