“YOD ETINGIZ KAMTARIN CHUSTIYNI HAM” tadbiri jarayonidan

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent shahar boishqarmasining 2024-yil 1-apreldagi 02/01/03-198-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida 2024-yil 3-aprel kuni TDTrU akademik litseyida "Ezgulik shiorimiz, ma'rifat qurolimiz" g'oyasi asosida  “Yod etingiz kamtarin Chustiyni ham” mavzusida tadbir bo'lib o'tdi. 

Tadbirni YoBIBDO’ A.T.Ikromov ochib berib, Nabixo’ja Chustiyning bosib o’tgan hayot yo’li, ijod olami, she’r-u, dostonlarining mazmun-mohiyati xususida ma'lumot berdi. 

O’quvchi-yoshlar tomonidan Chustiy qalamiga mansub she’r, dostonlar mahorat bilan ijro etildi hamda she’rlar tahlilini o’z tengdoshlari bilan o'rtoqlashdi.  

Adib qalamiga mansub “Ona”, “Indamaslar olami”, “Kerma manmanlik bilan” kabi she’rlarining xonandalar tomonidan kuylangan variantlari o'quvchilarga taqdim etildi va madaniy hordiq chiqarishlariga imkon bo’ldi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech