"KITOBXONLIK MUSOBAQASI – ZAKOVAT"DA (1-kurs)

2024-yil 4-aprel kuni TDTrU akademik litseyida 5 tashabbus doirasida o’quvchilarni kitobga oshno qilish yo'lida “BIR OYDA BIR BADIIY ASAR” shiori ostidagi mart oyi musobaqasi bo’lib o’tdi. 

 “Zakovat”da 4 ta jamoa “Everest” (1-23), “Infinity” (2-23), “Elites” (5-23), “Tafakkur” (6-23) jamoalari ishtirok etdi. 

Mart oyi musobaqasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi, o’zbek bolalarining sevimli yozuvchisi X.To'xtaboyevning “JANNATI ODAMLAR” asari asosida tuzilgan savollar kitobxon o'quvchilarga taqdim etildi. 

Barcha jamoalar munosib ishtirok etdi va quyidagi ochkolarni qo’lga kiritdi.  

“Tafakkur”-2; 
“Elites”-3; 
“Everest”-7; 
12 ochko bilan “Infinity” – Durdona Hakimjonova jamoasi o’yin g’olibiga aylandi.

“BIR OYDA BIR BADIIY ASAR” shiori ostidagi kitobxonlik oyligi reja asosida davom etadi. Barcha kitobsevarlarni safimizga chorlab qolamiz.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech