IZOTERAPIYA OLAMIDA O’QUVCHILARNING BIR KUNI

2024-yil 19-aprel kuni TDTrU akademik litseyining bir guruh o’quvchilari ishtirokida psixolog L.Abdujalilova tomonidan izoterapiya tadbiri amalga oshirildi.

Qiziqarli olam mashg’ulotida o’quvchilarning san’at va ijodkorliklaridan foydalangan holda psixokorreksiya amaliyoti olib borildi. Bunda o’quvchilar juda faol ishtirok etdi va dil so’zlarini, ramzlarini ranglar jilosi orqali esdalik maydonida qoldirdi.  

Bunday psixologik loyihalar o’quvchilar o’rtasida ahillik, do’stlik rishtasini, jamoa bilan ishlash ko’nikmasini, va, albatta, har lahzaning qadriga yetishish kerakligini o'rgatadi.
 
Loyihani tashkil qilgan psixolog L.Abdujalilovaga va faol ishtirok etgan guruh rahbarlariga, o’quvchilarga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech