IT VIKTORINASIDA G’OLIBLAR MUNOSIB TAQDIRLANDI

2024-yil 20-aprel kuni TDTrU akademik litseyida Transport universitetining "Informatika va  kompyuter grafikasi" kafedrasi bilan navbatdagi hamkorlik yo’lida o’quvchilar o’rtasida "Informatika va axborot texnologiyalari" mavzusida viktorina musobaqasi amalga oshirildi.

Qiziqarli tarzda tashkil etilgan viktorina II boshqichda o’tkazildi. IT sohasida qiziquvchi juda ko’plab o’quvchilar o’z bilimini sinovdan o’tkazdi.  

Ishchi guruh va o’quvchilarning bilim darajasi bo’yicha eng yuqori ballni olgan quyidagi o’quvchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
1-o’rin: N.Yusupov (4-22-gr);
2-o’rin: K.Asomov (7-22);
3-o’rin: D.Abubakirov (7-22).

Tadbirni tashkil qilgan Informatika fani o’qituvchisi M.Abdujalilovaga hamda hamkorlik uchun universitet kafedrasiga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech