“BITTA TANDIRINGGA ALISHMASMAN…” TADBIRI JARAYONIDAN

2024-yil 24-aprel kuni TDTrU akademik litseyida O’zbekiston xalq shoiri, "Do'stlik" ordeni sohibi Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag’ishlab, “Bitta tandiringga alishmasman…” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.

Tadbirni YoBIBDO’ A.T.Ikromov ochib berib, shoirning hayot yo’li, turfa mavzulardagi she’rlarining mazmun-mohiyati xususida o’quvchilarga gapirib, she’rlaridan namunalar aytib o’tdi.
 
Tadbir davomida shoir qalamiga mansub o'zbekona, sodda, bokira va betakror ash’orlari, kuy-qo’shiqlar o’quvchilar tomonidan mahorat bilan ijro etildi. 

Shuningdek, “Iste’dod” nomli musiqa to’garagi rahbari A.Oyto’rayev, to’garak a’zolaridan B.Tavakkalov  hamda Yoshlar yetkachisi E.Abdunazarovlar tomonidan ham shoir she’rlaridan bir juft qo’shiqlar guldastasi in’om etildi.

Tadbirda ishtirok etgan va o'z hissasini qo'shgan o'qituvchi va o'quvchilarga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech