“SHON-SHARAF” DAVLAT MUZEYIGA O’QUVCHI-YOSHLAR TASHRIFI
2024-yil 30-aprel kuni Prezidentning 2024-yil 16-apreldagi "9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag’ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish chora-tadbirlari” to’g’risidagi qaror ijrosini ta’minlash maqsadida akademik litseyning bir guruh o'qituvchi va o'quvchilari “Shon-sharaf” davlat muzeyiga tashrifi amalga oshirildi.
Tashrif chog’ida muzey tarixi, muzeyga fayz berib turgan, ikkinchi jahon urishi davrini eslatuvchi maketlar, frontda jasorat ko’rsatgan insonlar haqidagi ma’lumotlar mutaxassislar tomonidan o’quvchilarga batafsil yetkazildi.
Bunday sayohatlar o’quvchilarni o’z tarixini bilishga, jasoratli shaxslarga munosib avlod bo’lishga, Vatanni asrash, va, hattoki jonini berish burchini o’rgatishga xizmat qiladi.
Barcha guruh rahbarlariga, qiziquvchan o'quvchilarga minnatdorchilik bildiramiz.