“KOREYADA TA’LIM – 2024” O’QUV KO’RGAZMASIDA AKADEMIK LITSEY BITIRUVCHILARNING ISHTIROKI

2024-yil 4-may Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 03/42-1188-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida TDTrU akademik litseyining bitiruvchi guruhlaridan 1-22, 2-22, 5-22-guruh rahbarlari va o’quvchilari Koreya Respublikasining Toshkentdagi Elchixonasi qoshidagi Ta’lim markazi binoisida  tashkil etilgan “Koreyada ta’lim – 2024” ko’rgazmasiga ishtiroki amalga oshirildi.  

Tashrif chog’ida Koreyadagi barcha universitetlar, u yerdagi shart-sharoitlar, mavjud yo’nalishlar haqidagi ma’lumotlar mutaxassislar tomonidan o’quvchilarga batafsil yetkazildi.

Ayniqsa, iqtisodiyot, menejment hamda marketing yo’nalishlari boʻyicha yaratilgan imkoniyatlar o’quvchilarga katta taassurot qoldirdi. 

Bunday hamkorlik uchrashuvlari o’quvchilarga Koreya va boshqa rivojlangan davlat oliygohlarining ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech