“ICHKI ISHLAR XODIMLARI VA O’QUVCHI-YOSHLAR UCHRASHUVI”

2024-yil 21-may kuni TDTrU akademik litseyida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “O’quvchi yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish choralari” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.  

Tadbirni YoBIBDO’ A.T.Ikromov ochib berib, mavzu doirasida fikr bildirib mehmonlarni tanishtirib o’tdi.  

Tadbirda IIBB terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi katta tezkor vakili, podpolkovnik A.Otaxo’jayev, kapitan X.Gaynazarov, shuningdek, tuman IIO FMB Xotin-qizlar inspektorlari Sh.Damirova, N.Pulatova hamda G.Ishanxanovalar ishtirok etdi. 

Bugun yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, bir-birini kamsitish holatlari, mobil telefon orqali noto’g’ri yo’lga kirish, birovga qaram bo’lish, joniga qasd qilish, shahvoniy shilqimlik kabi keng qamrovli mavzular mutaxassislar tomonidan tushuntirib o'tildi. 
 
O’quvchi-yoshlarga mavzuga oid tavsiyalar berildi va videoroliklar ko'rsatildi. 

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech