TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI AKADEMIK LITSEYIGA O'QISHGA QABUL QILISH JARAYONI BOSHLANDI.
Akademik litseyda quyidagi yo'nalishlar mavjud:
1. Aniq fanlar (texnika) - (matematika, fizika, IQ test);
2. Aniq fanlar (iqtisod) - (matematika, ingliz tili, IQ test);
3. Xorijiy filologiya (ingliz tili, ona tili va adabiyot, IQ test).
Hujjatlar 2024-yilning 10-iyunidan 10-iyuligacha umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilaridan my.edu.uz portali orqali onlayn qabul qilinadi.
TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI AKADEMIK LITSEYIGA O'QISHGA HUJJAT TOPSHIRISH TARTIBI QUYIDAGICHA.
Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtish jarayonida tizimga ID karta yoki tug‘ilganlik haqida guvohnoma ma’lumotlarini kiritish bilan birga quyidagi hujjatlarni elektron shaklda (PDF, JPEG) yuklashlari lozim:
3,5x4,5 sm oʻlchamdagi 1 ta rangli fotosurat;
O‘qishga imtiyozli kirish huquqini beruvchi hujjatlar (https://lex.uz/docs/-5141332#:~:text=qaroriga%0A1-ILOVA-,Akademik%20litseylarga%20iqtidorli%20yoshlarni%20saralab%20olish,MEXANIZMI,-Oldingi%C2%A0tahrirga%C2%A0qarang) — fan olimpiadasi gʻolibi ekanligini tasdiqlovchi diplom, chet tili va umumtaʼlim fanlarni bilish darajasi toʻgʻrisidagi milliy yoki xalqaro sertifikat (mavjud boʻlsa).
Abituriyentlar roʻyxatdan oʻtishda:
oʻzlari tanlagan uchtagacha akademik litseyning bittadan mos yoʻnalishini tanlashi (bunda taʼlim tili bir xil boʻlishi kerak);
va qaysi chet tilidan kirish test sinovini topshirishini belgilaydi.
Abituriyent oʻzi tanlagan hududda tashkil etiladigan kirish test sinovlarida ishtirok etadi.
Qabul jarayonlari bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni quyidagi (https://my.edu.uz/media/service-document-files/65f73dfc-0309-4773-a58c-85dcae57af6e.pdf) telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.
99 646-32-83
97 443-39-52
90 955-90-10 (rus)
55 506-01-88