"KELAJAGI PORLOQ AZIZ BITIRUVCHILAR" TADBIRI JARAYONIDAN

2024-yil 11-iyun kuni TDTrU akademik litseyida 2024-yil bitiruvchilari uchun "Kelajagi porloq aziz bitiruvchilar" deb nomlangan bitiruv tadbiri bo'lib o'tdi. 

Tadbir O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi bilan boshlandi va Prezident tabrigi o'qib eshittirildi.

Tadbirni muassasa rahbari M.Xasanova hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bosh mutaxassisi B.Jumayevlar ochib berib, barcha bitiruvchilarga eng ezgu tilaklarni tilab, kelajakda talaba bo'lish baxtini tilashdi.  

O'qish davrida namuna bo'lib kelgan bir guruh bitiruvchilar tashakkurnoma, a'lo darajali diplom, ularning ota-onalari ham tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. 

Ota-onalar tomonidan litsey rahbariyatiga, ustozlariga iliq dil izhorlari va minnatdorchilik bildirildi. 

Bitiruvchilar tomonidan takrorlanmas tilaklar, ash'orlar, kuy-qo'shiqlar mahorat bilan ijro etildi. 

OQ YO'L, SIZGA, AZIZ BITIRUVCHILAR!

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech