"BIR BO'LSAK YAGONA XALQMIZ,BIRLASHSAK VATANMIZ..."

2024-yil 4-sentyabr kuni TDTrU akademik litseyida “Bir bolsak yagona xalqmiz,birlashsak vatanmiz” shiori ostida Mustaqilligimizning 33 yilligiga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. 
Tadbir avvalida Davlat Madhiyasi yangradi. So’ng akademik litsey direktori M.T.Xasanova so’zga chiqib, barchani Mustaqillikning 33 yilligi bilan, shuningdek, birinchi kursga qabul qilingan o‘quvchilarni erishgan muvaffaqiyati bilan barcha kurs o’quvchi-yoshlarni samimiy qutladi.
Tadbirda Shayxontohur tuman Nuroniylar jamoat kengashi a’zosi, dotsent M.Usmonov hamda tajribali ustozlaridan Y.Botirov, Sh.Eshmurodov, A.Mo’minovalar o’quvchi-yoshlarni yangi o’quv yili bilan tabriklab, ustozlar berayotgan ilmni puxta egallashlarini ta’kidlab o’tdi. 
Tadbir so’ngida barcha o’quvchilar guruh rahbari boshchiligida “Mustaqiilik darsi”ni davom ettirdi.

Matnni tinglash uchun uni belgilang va eshitish tugmani bosing Powered by GSpeech